Har bir buyurtma —
alohida o'lchov.
Parkentdagi sexda panellarni o'zimiz kesamiz, armatura uchun teshiklarni o'zimiz burg'ulaymiz va yopiq kamerada o'zimiz bo'yaymiz. Tayyor katalogdan sotmaymiz — o'lchov olishdan o'rnatishgacha bo'lgan barcha bosqich shu yerda, bitta jamoa qo'lida.
15–20
sexdagi usta va operator
500+
tugallangan loyiha
30 kun
eng uzoq ishlab chiqarish muddati
O'lchovdan o'rnatishgacha — yetti bosqich.
Har bir bosqichni bosib, nima sodir bo'lishini ko'ring. Muddat loyihaning murakkabligiga qarab o'zgaradi, lekin eng uzog'i ham 30 kundan oshmaydi.
O'lchov olish
Dizayner xonangizga borib o'lchov oladi, devor va shift qiyshiqligini, rozetka va quvur joylarini yozib oladi. Bepul.
Sexdagi ishni o'z ko'zingiz bilan ko'ring.
Stanoklar, yig'ish va o'rnatish — Instagram sahifamizdagi qisqa videolar. Ko'rish uchun videoni bosing.
Sexdagi asosiy bo'limlar.
Uchala asosiy operatsiya — kesish, burg'ulash va bo'yash — shu yerda bajariladi. Hech narsa tashqariga buyurtma berilmaydi, shuning uchun muddatni ham, sifatni ham o'zimiz nazorat qilamiz.
Kroy
panellarni o'lchamga kesish va kromkalash
Prisadka
armatura uchun teshik burg'ulash stanogi
Bo'yoq
yopiq bo'yash kamerasi va quritish joyi
2 yil
barcha bajarilgan ishlarga kafolat
Har bir buyum sexda to'liq yig'iladi.
Mebelni mijoz xonasida birinchi marta yig'ish — eng ko'p uchraydigan xato. Biz uni avval shu yerda yig'amiz, sozlaymiz va shundan keyingina qismlarga ajratib olib chiqamiz.
- 1
O'lchovni solishtirish
Kesilgan panellar loyihadagi o'lchamga mos kelishi tekshiriladi. Mos kelmasa, o'sha panel qayta kesiladi.
- 2
Quruq yig'ish
Buyum sexda to'liq yig'iladi — eshik, tortma, javon, hammasi joyiga qo'yiladi.
- 3
Mexanizmlarni sozlash
Har bir eshik va tortma ochib-yopib ko'riladi. Petlyalar va tortma tizimlari shu yerda sozlanadi.
- 4
Sirtni ko'zdan kechirish
Qirralar, kromka va bo'yoq qatlami yorug'likda ko'zdan kechiriladi. Faqat shundan keyin qadoqlanadi.
Ishni odamlar qiladi, mashinalar yordam beradi.
Sexda 15–20 nafar odam ishlaydi — kroy operatori, yig'uvchi ustalar, bo'yoqchi va o'rnatuvchilar. Stanoklar aniqlikni beradi, lekin har bir buyurtmani odam ko'rib chiqadi.
Sexdagi jamoa
15–20 usta, operator va o'rnatuvchi
- 01
Dizayner
O'lchov oladi, 3D loyiha tayyorlaydi va material tanlashda yordam beradi. Ish boshlangandan keyin ham bog'lanishda bo'ladi.
- 02
Sex ustalari
Kroy, burg'ulash, bo'yoq va yig'ish. Har bir buyum sexdan chiqishdan oldin to'liq yig'ilib ko'riladi.
- 03
O'rnatuvchilar
Xonangizda yig'adi va mahkamlaydi. Ish tugagach, hamma narsa ishlashini siz bilan birga tekshiradi.
Sexni o'z ko'zingiz bilan ko'ring.
Parkentdagi sexga kelib, material va yig'ilgan buyumlarni ko'rishingiz mumkin. Oldindan qo'ng'iroq qilib keling — kimdir sizni kutib oladi.
